Rasmiy munosabat
2026-02-11 10:50:00 / Yangiliklar

Ma’lum qilinadiki, **O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi**ning 2024-yil 14-noyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 757-sonli qaroriga muvofiq, Buxoro viloyatida 2026-yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan 60 ta avtobus bekatining manzilli ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Ushbu ro‘yxatga fuqarolar murojaatida qayd etilgan B. Naqshband ko‘chasida avtobus bekatini qurish ham kiritilishi rejalashtirilgan. Mazkur ishlar tasdiqlangan dastur asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Masala nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz jamoat transporti infratuzilmasini yaratish choralari ko‘rilmoqda.
