“Ramazon oyi” arzonlashtirilgan yarmarkalari tashkil etilmoqda
2026-02-18 15:20:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi uchun qulay va manfaatli savdo muhitini yaratish maqsadida Buxoro shahridagi "Markaziy dehqon bozori" hamda "To‘qimachi dehqon bozori" hududlarida “Ramazon oyi” arzonlashtirilgan yarmarkalari tashkil etildi.
Yarmarkalarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari vositachilarsiz, bozor narxlaridan arzon va barqaror narxlarda taklif etilmoqda. Ushbu tashabbus Ramazon oyida aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish hamda bozor mexanizmlarida sun’iy narx oshishining oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Ramazon oyi” аrzonlashtirilgan yarmarkalari doirasida savdo jarayonlarining shaffofligi va narx-navo intizomiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanmoqda. Savdo nuqtalarida sanitariya-gigiyena talablari asosida tartib o‘rnatilib, mahsulotlar sifati va narxlarining asoslanganligi mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Bunday yarmarkalar Ramazon oyining muqaddas mohiyatiga mos ravishda saxovat, mehr-oqibat va aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish tamoyillariga xizmat qilmoqda.
