Qurbon Tursunov navbatdagi fuqarolar qabulini o'tkazdi
2026-02-17 19:30:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida jami 41 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etilib, murojaatchilarning muammolari bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar belgilandi. 7 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, 22 ta murojaat esa belgilangan tartibda tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlar ijrosiga yo‘naltirildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan kommunal xizmatlar sifati, moddiy yordam ajratish, uy-joyni xususiylashtirish, soliq majburiyatlari hamda kadastr bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oldi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar aniq belgilandi va ularning ijrosi shaxsiy nazoratga olindi.
Shahar hokimi fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda adolat, qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ustuvor ekanini alohida ta’kidlab, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Bunday fuqarolar qabullari aholining muammolarini bevosita joyida hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
