KFC Buxoro shahrida o'z filialini ochdi
2026-02-16 13:00:00 / Yangiliklar

Filial ochilishi natijasida 40 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Ishga qabul qilinganlarning asosiy qismini 18–25 yoshli yoshlar tashkil etadi. Xususan, Furqat mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanib, ularning daromad manbai yaratilishiga erishildi.
Tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Qurbon Tursunov ishtirok etib, yangi filial shahar iqtisodiyoti va aholi bandligini ta’minlashda muhim qadam ekanini ta’kidladi. Shundan so'ng mehmonlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Ochilish marosimi doirasida tashkil etilgan konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Unda taniqli san’atkorlar Gʻaybulla Tursunov va Jasmin chiqish qilib, yig‘ilganlarga bayramona ruh bag‘ishladilar.
Yangi filial shahar aholisi va mehmonlari uchun zamonaviy servis, tezkor xizmat va qulay muhitni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
