Rasmiy munosabat
2026-02-13 17:35:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Kuksaroy ko‘chasi, 15-uy, 52-sonli bolalar bog‘chasi yonida joylashgan ko‘cha chirog‘ining nosoz holatda ekanligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi.
Mazkur ko‘cha yoritish chirog‘ida aniqlangan nosozlik Obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi «Shaharnur» bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda belgilangan tartibda bartaraf etildi. Hozirgi kunda ko‘cha yoritish chirog‘i to‘liq soz holatda bo‘lib, xavfsiz ishlamoqda.
