Buxoro shahridagi mahalla va maktablarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2026-02-10 21:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, nizoli oilalarni yarashtirish, hududni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, shuningdek, ilgari jinoyat sodir etgan fuqarolarning qayta jinoyat yo‘liga o‘tmasligi yuzasidan manzilli ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shundan so‘ng, ishchi guruh a’zolari mahalla ko‘chalari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bordi.
Shuningdek, “To‘qimachi” MFY Alpomish ko‘chasi 5/2-uy faoli bilan ma’lumotlar almashinilib, obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish hamda mazkur uyda ijara asosida yashovchi fuqarolar kelib joylashganda tegishli idoralarni xabardor qilish bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, 21-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda qizlarni sog‘lom turmush tarziga tayyorlash, ularning jismoniy va ma’naviy salomatligini mustahkamlash, shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari hamda qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlik masalalari keng yoritildi.
Mazkur tadbirda Buxoro shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. Umarova ishtirok etib, o‘quvchi qizlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, o‘z salohiyatini rivojlantirishga va jamiyatda faol bo‘lishga chorladi. Shuningdek, yosh avlod tarbiyasida sog‘lom muhitning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga mavzuga oid axborotli videorolik namoyish etildi, ochiq muloqot o‘tkazildi hamda yoshlar sog‘lom hayot tarziga amal qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga da’vat etildi.
