Rasmiy munosabat
2026-02-10 17:15:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Asia Trans Gas (yoki “Humo” stadion sport majmuasi) yaqinidagi piyodalar hududida joylashgan tungi yoritish chirog'i ustunining qimirlayotgan holati yuzasidan yo‘llagan murojaat tegishli tartibda o'rganib chiqildi.

Mazkur holat mas’ul xizmatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida ustunning nosoz holatda ekanligi aniqlanib, piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur texnik choralar ko‘rildi. Xususan, ustun mustahkamlanib, xavf tug‘diruvchi holat bartaraf etildi.
Hozirgi vaqtda ushbu hududda harakat xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, vaziyat doimiy nazoratga olingan.
