Mahallalar faoliyati sarhisob qilinmoqda
2026-01-28 18:35:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot va idoralar vakillari, shuningdek, 65 ta mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish ishlarining amaldagi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi.
Qurbon Tursunov mahalla yettiligining aholi bilan bevosita ishlashdagi muhim rolini alohida ta’kidlab, ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirishda ularning mas’uliyati katta ekanini qayd etdi.
Shuningdek, jarayonda aniqlik, shaffoflik va fuqarolar bilan samarali muloqotni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tizimli olib borish hamda ro‘yxatga olish tadbirlarining yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.
Mahallada ishni to'g'ri tashkil qilgani, obodonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, ishchi o'rinlarini yaratish va kambag'llikni qisqartirishda faolligi uchun "Muxtor Ashrafiy" mahallasi "yettiligi" shahar hokimligining tashakkurnomasi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.









