Rasmiy munosabat
2026-01-14 13:40:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi “Eko-bog‘” hududida daraxtlar atrofida qurilish chiqindilari yig‘ilib qolgani yuzasidan bildirilgan noroziliklar bo‘yicha tegishli xizmatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida mazkur hududda to‘planib qolgan qurilish chiqindilari to‘liq bartaraf etildi, bog‘ hududi sanitariya talablariga muvofiq holatga keltirildi. Shuningdek, yashil hududlarni saqlash va bunday holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolarning murojaatlari doimiy ravishda inobatga olinib, shahar hududidagi ekologiya va obodonchilik masalalari qat’iy nazoratda saqlanadi.


