Aziz Vatan himoyachilari!
2026-01-14 07:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Bu kun jasorat, mardlik va vatanparvarlik timsoli bo‘lib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrashda fidoyilik ko‘rsatayotgan barcha askar va ofitserlarimizning bayramidir.
Vatanimiz himoyachilari, sizlarning har biringiz yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashda, millatimiz ravnaqi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, kelajak avlodlar uchun tinch va farovon hayot yaratishda o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar va mardona azmu shijoat tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Qurbon Tursunov,
Buxoro shahar hokimi
