Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2026-01-13 15:00:00 / Yangiliklar

Sessiyada Buxoro shahrida 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati, Buxoro shahar Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2025-yil to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari, 2025-yil (12 oylik) jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti, Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash va muammolarini hal etish, gender tengligini ta’minlash borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining doimiy komissiyalarining 2025-yil faoliyati bo‘yicha axboroti, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi 284-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Bu borada deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.









