Iqtisodiy kompleks rahbarlari 24/7 ko'cha faoliyati bilan tanishishdi
2026-01-05 19:30:00 / Yangiliklar

Tanishuv jarayonida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar atroflicha koʻzdan kechirildi. Qayd etilganidek, loyiha doirasida mahalliy budjet hisobidan 7,2 mlrd soʻm, shuningdek, tadbirkor va tashabbuskor homiylar mablagʻlari hisobidan 8,7 mlrd soʻm investitsiya yoʻnaltirilib, 90 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyati kengaytirildi.
Koʻcha boʻylab joylashgan tadbirkorlik binolarining birinchi qavatlarida turli xil kafelar, restoranlar va strit-fud shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, bu esa nafaqat mahalla, balki shahar iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, hududda 1,6 km yoʻlaklar bordyurlashtirilgani, 1,6 km kabellashtirish ishlari bajarilgani, zamonaviy koʻcha chiroqlari oʻrnatilgani, ichimlik va issiqlik suvi quvurlari yangilangani, piyodalar yoʻlaklari betonlashtirilgani hamda manzarali daraxt va gul koʻchatlari ekilgani qayd etildi
Tadbir davomida masʼullar tomonidan yaratilgan infratuzilma va qulay sharoitlar kelgusida tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, yangi ish o'rinlari tashkil etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratishi ta'kidlandi.









