Qadrli buxoroliklar va shahrimiz mehmonlari!
2025-12-31 07:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

2025-yil shahrimiz hayotining barcha sohalarida sezilarli o‘sish va ahamiyatli natijalar bilan yakunlanmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Buxoro shahridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan, hududlarimiz qiyofasini yangilash, odamlarimiz uchun har jihatdan qulay turmush sharoitlarini yaratishga doir maqsadli dasturlar va muhim loyihalar ishlab chiqilib, uning ijrosi to‘la ta’minlanmoqda.
Buning zamirida albatta siz, mard va tanti shahrimiz aholisining fidokorona mehnati, ezgu intilishlari mujassam.
2026-yilda xalqimiz hayotida bundan ham katta o‘zgarishlar ro‘y berishiga, el-yurtimiz yangi-yangi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga shubha yo‘q. Shu o‘rinda Buxoro shahri bilan do‘stona va samarali hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelayotgan birodar shaharlarimiz rahbarlari va aholisini ham Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu hamkorlik kelgusida ham do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashiga ishonaman.
Mana shunday quvonchli damlarda Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi yil har bir xonadonga qut-baraka, xotirjamlik, baxtli va farovon hayot olib kelsin!
YANGI YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
