Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
2025-12-29 15:50:00 / Yangiliklar

Sessiyani xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi raisi Qurbon Tursunov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibidagi masalaga muvofiq, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Hamda ushbu lavozimga deputatlarning yakdil qarori bilan Jonibek Matniyozov saylandi.
Shuningdek, Buxoro shahrini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunovning hisoboti ham tinglandi. Sessiyada shuningdek, Buxoro shahar bo‘yicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qo‘llaniladigan koeffitsientlarni tasdiqlash, Buxoro shahrining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash va 2026-yilda Buxoro shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, Buxoro shahar hokimining qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.









