Qurbon Tursunov navbatdagi fuqarolar qabulini o'tkazdi
2025-12-27 14:30:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, bugun, 27-dekabr kuni aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Shahar hokimi Qurbon Tursunov boshchiligida Buxoro shahridagi Kasbiy ko'nikmalar markazida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Qabul davomida uy-joy ta’minoti, kadastr, kommunal xizmatlar, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi. Har bir fuqaroga individual yondashuv asosida tushuntirishlar berildi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Jami 20 nafar fuqaroning 32 ta murojaati tinglandi. Shundan 8 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi va hal etildi. Qolgan murojaatlar bo'yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.









