"Shodlik" mahallasida xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda
2025-12-25 10:10:00 / Yangiliklar

Buxoro shahrining Shodlik mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Zarina Kasimova ana shunday samarali tashabbus egalaridan biridir. U uy sharoitida uy pishiriqlari tayyorlash bilan shug‘ullanib, ushbu faoliyatni tadbirkorlikka aylantirishga erishgan.
Faoliyatini kengaytirish maqsadida Zarina Kasimovaga 30 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Natijada ishlab chiqarish hajmi oshib, hozirda 4 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular barqaror daromad topib, o‘z oilalarining moddiy ta’minotini yaxshilamoqda.
Tadbirkor mahsulotlarni o‘z uyida tayyorlab, Buxoro shahrining eski shahar hududidagi marketlarga buyurtma asosida yetkazib beradi. Uy sharoitida yo‘lga qo‘yilgan ushbu faoliyat sifatli mahsulotlar bilan bozorni ta’minlash barobarida, mahalla aholisining bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Zarina Kasimovaning faoliyati kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini oshirish mumkinligining yorqin namunasidir


