"Furqat" mahallasida logoped xizmati yo‘lga qo‘yildi
2025-12-24 12:40:00 / Yangiliklar

Ana shunday tashabbuslardan birini Buxoro shahrining "Furqat" mahallasi misolida ko'rishimiz mumkin. Mahallada istiqomat qiluvchi tadbirkor Nilufar Shohnazarova tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan logopedlik faoliyati qisqa vaqt ichida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Tadbirkor ushbu yo‘nalish bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega.
Faoliyatni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Ijaraga joy olib, tashkil etilgan markazda barcha shart-sharoitlar mavjud. Bugungi kunda nuqsonli bolalar bilan ularning nutqiy rivojlanishi, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ijtimoiy moslashuviga qaratilgan individual va guruh mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishning yana bir muhim jihati shundaki, mahalladagi 3 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Malakali mutaxassis Nilufar Shohnazarova xotin-qizlarni bepul o'quv kursida o'qitib soha sirlarini o'rgatdi. Bugungi kunda ular ushbu markazda faoliyat yuritib, muqim daromadga ega bo'lmoqda.




