Rasmiy munosabat
2025-12-20 14:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 19-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatda (https://t.me/potrebitel_bukhara/162316?single) Buxoro shahri hududida daraxtlar va shox-shabbalarning kesilishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda amaliy yordam so‘ralgan.
Ushbu murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida daraxtlar tag qismidan kesilmagani, yo‘l harakati va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘l yoqasiga chiqib ketgan daraxt shoxlari belgilangan tartibda butalanganligi aniqlandi. Ishlar belgilangan tartibda ekologik me’yorlarga muvofiq tarzda olib borilganini ma’lum qilamiz.

