Hurmatli energetika sohasi xodimlari va faxriylari!
2025-12-22 10:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmush farovonligi va sanoat rivojida muhim o‘rin tutadi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli shahar va xonadonlarda chiroqlar porlab, korxona va muassasalar barqaror faoliyat yuritmoqda. Qishning sovuq kunlarida ham tinimsiz xizmat qilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotganingiz tahsinga loyiqdir.
Bugungi kunda energetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada siz — soha fidoyilarining hissasi beqiyos.
Fursatdan foydalanib, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan faxriylarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman, barcha energetiklarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Qurbon Tursunov
Buxoro shahar hokimi
