Rasmiy munosabat
2025-12-15 22:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 15-dekabr kuni “Buxoronoma” gazetasining 100-sonida e’lon qilingan “Kimga foyda, kimga ziyon...” nomli maqolada Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga mas’ul tashkilotlarning faoliyati to'g'risidagi tanqidiy fikrlar bildirilgan.
Ushbu masala Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining 14-sessiyasida atroflicha muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining axborotlari eshitildi. Muhokama yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada ijro intizomini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda qurilish va kadastr faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.
