Ijro intizomisiz taraqqiyot boʻlmaydi
2025-12-13 12:10:00 / Yangiliklar

Shu jihatdan qaralganda, ijro intizomi islohotlarning muvaffaqiyatiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqib, Buxoro shahar hokimligida ijro intizomini mustahkamlash maqsadida ish yuritishning ichki jarayonlari avtomatlashtirilib, elektron hujjat aylanishi tizimi toʻliq joriy etilgan. Xususan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari oʻz vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qatʻiy nazoratga olingan.
Haftaning har dushanba kunlari Buxoro shahar hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qatʻiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, shahar hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini taʻminlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʻlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʻtibor berilmoqda.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro shahar hokimligi apparati masʼul xodimlari tomonidan har oyda bitta korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli oʻrganilmoqda. Jumladan, joriy yil oktabr oyida Buxoro shahar maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati oʻrganildi.
2025-yilning 11 oyi (yanvar-noyabr) davomida shahar hokimligi apparatida ijro intizomining holati 87 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini oʻz vaqtida, samarali hamda toʻliq bajarishda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat korxona tashkilotlar rahbarlari, tuman va shaharlar hokimlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari koʻrilib, sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʻul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrib borilmoqda.
Joriy yilning dekabr oyi davomida “edo.ijro.uz” tizimida jami 531 ta hujjat va topshiriqlar shundan, 252 ta Prezident hujjatlari nazorat rejasi, 208 ta kiruvchi hujjatva topshiriqlar hamda 71 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosi muddati keladi.
Buxoro shahar hokimligi apparatida Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzishholatlarini oldini olish maqsadida barcha hokim o‘rinbosarlari, boʻlimlar va mas’ul xodimlar tomonidan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, har biriga eslatma taqdim etildi hamda joriy yil dekabr oyida muddati keladigan hujjatlarni 25-dekabrga qadar bajarish choralarini koʻrish belgilandi.
Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida hokim boshchiliklarida ijrointizomi yoʻnalishida ishlarni belgilangan muddatlarda hamda sifatli taʼminlashyuzasidan barcha imkoniyatlar ishga solinib, kunlik ijrosi nazorat qilib kelinmoqda.
I.Suvonov,
Buxoro shahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati boʻyicha bosh mutaxassis
