Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
2025-12-12 16:30:00 / Yangiliklar

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmasi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalda to‘langanligi hamda ular bo‘yicha soliq qarzdorligi, Buxoro shahar mahalliy byudjetining 2025-yil qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish, Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy- amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari, Buxoro shahar uy-joy va qurilish bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligini o‘rganish yakunlari to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi. Masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.









