Qurbon Tursunov o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi
2025-12-12 14:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida har bir yoshning shaxsiy orzulari, qiziqishlari, kasbiy yo‘nalishi hamda ularni o‘ylantirayotgan muammolar batafsil o‘rganildi. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, amaliy ko‘mak mexanizmlari, bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Suhbat jarayonida yoshlar o‘z fikrlarini erkin bildirishdi, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini aniq ifoda etishdi. Eng muhimi, ular uchun shaxsiy qiziqishi va salohiyatiga mos, istiqboli yorqin ish o‘rinlari taklif qilindi. Bu esa yoshlar uchun nafaqat bandlik, balki o‘z-o‘zini namoyon qilish imkoniyatini ham berdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali usuli bo‘lib, ularni jamiyatdagi faolligini oshirish, mustahkam hayotiy pozitsiya shakllantirish, yangi marralar sari ilhomlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Bunday tashabbuslar bugungi kun yoshlarining ertangi porloq hayoti uchun mustahkam poydevor yaratadi. Bu o'z navbatida yangi g‘oyalar, katta maqsadlar va real imkoniyatlarga yo‘l ochadi





