Otbozorlik Aslbek Mustafoyev tomorqadan yaxshigina foyda ko'rmoqda
2025-11-21 17:10:00 / Yangiliklar

U maktabni tamomlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, hozirda oliy ta’limda o‘qish bilan birgalikda harakat va mehnatdan to'xtamayapti. Uy hovlisidagi 10 sotix yer maydonida issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘z mehnati bilan barqaror daromad topmoqda.
Aslbekning issiqxonasi yil davomida samarali ishlaydi va bir yilda 3 marotaba hosil olish imkonini beradi. Hozirda issiqxonada ko'kat parvarishlanmoqda.
Issiqxonada mavsumga qarab asosan pomidor, bodring va turli ko‘katlar yetishtiriladi. Bir mavsumda 5 tonnadan 10 tonnagacha sifatli mahsulot yetishtirib, nafaqat o‘z mahallasi va shahar aholisini, balki poytaxtni ham sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda. Tadbirkorning har bir mavsumdagi sof daromadi o'rtacha 50 million so‘mgachani tashkil etadi.
Aslbek Mustafoyev o‘z faoliyati orqali nafaqat oilaviy farovonligini mustahkamlab, balki mahallasidagi ishsiz fuqarolarni bandlikini ta'minlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Issiqxonada 2 nafar doimiy, mavsum davrida esa 4 nafar ishchi ishlaydi. Ularga kunlik 150 ming so‘mdan ish haqi to‘lanishi yosh tadbirkorning mas’uliyat bilan ish yuritayotganidan dalolatdir.





