Hunarli kishi xor bo'lmas
2025-11-19 13:10:00 / Yangiliklar

Shunday fidoyi ayollardan biri — Nigina Vohitova. Mahalla ko'magi bilan unga “Ko‘kaldosh” madrasasidan joy ajratilishi, ish boshlashiga muhim turtki bo'lgan . Bugungi kunda u turli xil taqinchoqlar, xususan, to‘y marosimlari uchun nozik ishlangan tilaqoshlar tayyorlab, ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. Nigina Vohitova bir kunda 10 dan 30 tagacha mahsulot ishlab chiqaradi. Daromadi esa mavsumga qarab 5 milliondan 10 million so‘mgacha yetadi. Eng quvonarlisi, u yillar davomida egallagan hunarini 5 nafar shogirdiga o‘rgatib, ularni mustaqil faoliyatga ham yo‘naltirib kelmoqda.
Mahalladagi yana bir tashabbuskor ayol — Nigora Yaxyayeva. U ham “Ko‘kaldosh” madrasasidan joy olib, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda talabgir bo‘lgan milliy liboslarni tikib, o‘z mijozlar doirasiga ega bo‘lgan Nigora Yaxyayeva 5 nafar shogird bilan ishlamoqda. Uning oylik sof daromadi 5 milliondan 10 million so‘mgacha yetadi.
Tadbirkor ayollar Hunarmandlar uyushmasining faol a’zolari bo‘lib, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.
Ularning har bir yutug‘i sabr, tirishqoqlik, izlanish va hunarga bo‘lgan muhabbat samarasidir. Eng e’tiborlisi, “Usta–shogird” an’anasi asosida yoshlarga hunar sirlarini matonat bilan o'gatmoqda.




