Botir Zaripov Isroilning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustigni qabul qildi
2025-03-12 17:30:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda Isroil davlati bilan ham tenglikka va oʻzaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganligi, ilm-fan, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, turizm sohasida oʻzaro aloqalarning tobora rivoj topib borayotgani alohida qayd etildi.
Janob elchi savdo-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida toʻxtalib, samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Investitsiya, innovatsiyalar, tibbiyot va taʼlim sohalaridagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Botir Zaripov elchining kasbiy tajribasi Oʻzbekiston va Isroil munosabatlarini yanada yuqori bosqichga koʻtarishga, jumladan, Buxoroga ham investitsiyalarni faol kiritishga xizmat qilishiga umid bildirildi.
Tashrif doirasida Gideon Lustig “Merganteks” , “Buxoro agoklaster” paxta-toʻqimachilik klasterlarining ishlab chiqarish loyihalari, Buxoro davlat universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati