Oʻzbekiston-Eron biznes-forumida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki viloyat rahbarlari oʻrtasida kelishuvlar imzolandi
2025-03-01 14:55:00 / Yangiliklar

Forum ochilishida Buxoro viloyati viloyati hokimi Botir Zaripov va Razaviy Xuroson viloyati gubernatori Gʻulomhusayn Muzaffariy soʻzga chiqib, mazkur tadbirning ahamiyati va undan kutilayotgan natijalarga toʻxtalishdi.
Oʻzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Eron tomoni hamkorligida tashkil etilgan mazkur mazkur tadbir doirasida sanoat, turizm, innovatsiya, qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, toʻqimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Tadbir dasturi doirasida investitsiyalarni jalb qilishning eng istiqbolli yoʻnalishlari hamda ustuvor tarmoqlarda Buxoroning investitsiyaviy salohiyati va tayyor loyiha takliflari toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.
Oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni faol jalb qilish boʻyicha ikki viloyat rahbarlari oʻrtasida kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida teng manfaatli hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.
Eron biznes doiralari vakillari va Buxoro viloyati ishbilarmonlari oʻrtasida B2B formatdagi muzokaralar ham boʻlib oʻtdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati