Botir Zaripov Roʻzimamatovlar oilasining issiqxonachilik tajribasiga yuqori baho berdi
2025-02-22 19:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunda Norgul Qurbonova oilasi bilan astoydil ishlab, daromad olayotgan issiqxonasi maydonini 7,5 sotixga kengaytirgan. Xonadonda yashovchilar bu issiqxonada oʻtgan yil mobaynida pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, yana “toʻqsonbosti” usulidagi mahsulotlar, koʻkatlar yetishtirib, yaxshigina daromadga erishib kelishmoqda.
Joriy yilgi mavsumda oʻgʻli Abror Roʻzimamatov boshchiligida issiqxonada 2 ming tupdan ortiq "Betis" navli pomidor koʻchati agrotexnik talablar asosida parvarishlandi. Hozirda hosilni yigʻib sotish ishlari boshlangan. Oila bu yil 250 million soʻm daromadga erishishni maqsad qilgan.
Roʻzimamatovlar issiqxonasida yiliga 3-marta hosil olish tajribasi puxta oʻzlashtirilgan. Nafaqat pomidor, undan keyin bodring, kartoshka, piyoz, turli koʻkatlar yetishtirilmoqda.
Botir Zaripov oilaning mirishkorligiga, issiqxonachilik tajribasiga yuqori baho berdi. Bu tajribani mahalla, qolaversa, tuman miqyosida keng ommalashtirish zarurligini taʼkidladi. Shunga koʻra vazifalar belgilandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati