Qorovulbozor: Tomorqadagi mehnat va asalarichilik ortidan olingan “Lacetti” va “Cobalt” oilaning yaxshi kunlariga xizmat qilmoqda
2025-02-20 17:40:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda oila boshlig‘i Ikrom Quljonov 200 oiladan ortiq asalari parvarishlamoqda. Birgina asalarining o‘zidan o‘tgan mavsumda 10 tonnadan ortiq asal olindi.
Yangilikka intiluvchan xonadon egalari mo‘jazgina issiqxonada tog‘ lolasini ko‘paytirishmoqda.
-Mana ikki yildirki tog‘ lolasini ko‘paytirib, xalqimizning yaxshi kunlarida bozorlarga chiqarib, qo‘shimcha daromad qilyapmiz. Donasini o‘rtacha hisobda 25-30 ming so‘mdan sotyapmiz. Mehnati kam, lekin daromadi juda yaxshi ekan – deydi Sohibjon Quljonov.
Yana bir yangilik. Tabiatga qiziquvchan xonadon egalari 30 ga yaqin Kavkaz qirg‘ovulini ko‘paytirishni ham yo‘lga qo‘yishgan. Ushbu turdagi qirg‘uvullar asosan manzarali ko‘rinishi uchun boqiladi.
Bundan tashqari, mazkur xonadonda 50 ta tovuq, 2 ta kurka hamda 2 bosh qoramol ham boqiladi va ulardan qo‘shimcha daromad olishadi.
Albatta, bu kabi mehnatlar o‘z samarasini bermasdan qolmaydi. Mehnat ortidan olingan “Lacetti” va “Cobalt” rusumli avtomobillar oilaning yaxshi kunlariga xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati