UNESKO xalqaro tashkiloti vakili Vobkent tumanidagi politexnikumda boʻldi
2025-01-29 12:50:00 / Yangiliklar
Aytish joizki, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ning "Oʻzbekiston kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash" nomli mintaqaviy loyihasi mehnat bozori ehtiyojlariga koʻra kasbiy taʼlim va kadrlar tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga javob beradigan va Markaziy Osiyo mintaqasiga mos keladigan ikki tomonlama kasb-hunar taʼlimi va kadrlar tayyorlash milliy tizimini joriy etish, shuningdek, qishloq joylarida yengil sanoat va toʻqimachilik sohasida kasbiy taʼlimni, sanoatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kuni kecha YUNESKO xalqaro tashkilotining "Oʻzbekiston qishloq joylarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish" loyihasi doirasida YUNESKO maslahatchilari Tomas Lux va Kamol Jiyanxoʻjayev, shuningdek, respublika Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Gʻijduvon agrotexnologiyalar texnikumi masʼullari Vobkent tumanidagi 2-son politexnikumida boʻlishib, uning faoliyati, loyihalar amaliyoti bilan yaqindan tanishdilar.
Xalqaro tashkilot mutaxassislari xizmat safaridan koʻzlangan maqsad kasbga oʻqitish va taʼlim muassasalari uchun sifatni taʼminlash hamda oʻz-oʻzini baholash hisoboti, oʻquv tizimini xalqaro talablar darajasiga koʻtarishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.
Uchrashuvda politexnikum rahbariyati erishilayotgan natija, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Shu bilan birga, politexnikum oʻqituvchilari va oʻquvchilari tumandagi ish beruvchi hamkorlar "Gʻayrat Chodak" va "Vobkent tola klaster" MCHJlarida ham boʻlishib, yoshlarning amaliyot jarayoni bilan tanishdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati