Botir Zaripov Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi
2025-01-24 20:50:00 / Yangiliklar
Muloqotda Buxoro viloyatida nemis standartiga asoslangan kasbiy taʼlim tizimni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Botir Zaripov ushbu yoʻnalishda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida toʻxtaldi.
Uchrashuv davomida kasbiy taʼlim tizimida ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash jarayonlariga manfaatdor boshqarmalarni jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorliklarini kuchaytirish hamda birgalikda dual taʼlim shaklini keng joriy etish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Bunda Germaniyaning Jondor politexnikumi bilan “AVESTOS” GmbH kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikda tajriba-sinov tarzida nemis oʻquv dasturlari va texnologiyalari asosida kasbiy taʼlim tizimini joriy qilish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha kelishib olindi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati