Buxoro tumanida 28-sonli umumtaʼlim maktabi qoʻshimcha oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
2024-12-18 18:50:00 / Yangiliklar
Yurtimizda taʼlim sifati va samaradorligi taʼlim dargohlari, ayniqsa, xalq taʼlimi tizimidagi shart-sharoit, moddiy-texnik imkoniyatlarni yaxshilashda dolzarb ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, Buxoro tumanida ham har yili taʼmirga muhtoj umumtaʼlim maktablari bosqichma-bosqich mukammal taʼmirdan chiqarilib, barkamol avlod vakillari risoladagidek bilim olishlari uchun yetarli qulaylik yaratilmoqda.
Investitsiya dasturi asosida joriy yil tumandagi 28-sonli umumtaʼlim maktabida davlat byudjetidan ajratilgan 1 milliard 113 million soʻm mablagʻ hisobiga qoʻshimcha 270 oʻquvchi oʻrniga ega zamonaviy oʻquv binosi qurilgani “Gulshanobod” MFY da yashovchi aholi, ayniqsa, ota-onalarni juda xursand qildi.
— Gulshanobodda faoliyat yuritib kelgan umumtaʼlim maktabi oʻtgan asr yetmishinchi yillarida barpo qilingan boʻlib, 2009-yilda qayta rekonstruksiya qilingan, – deydi maktab direktori Madina Safarova. — Ammo keyingi yillarda aholi soni oshgani barobarida qoʻshimcha oʻquv binosiga ehtiyoj kuchaygan, dars saboqlarini esa ikki navbatda tashkillashtirishga toʻgʻri kelayotgandi. Negaki, 540 oʻringa moslashgan binoda shu kunga qadar 940 nafar oʻquvchi oʻgʻil-qiz tushgacha va tushdan keyingi smenada darslarga qatnab kelishgan.

Nihoyat, maktab maʼmuriyati va mahalliy aholi murojaatlari asosida taʼlim dargohi kengaytiriladigan, hududda qoʻshimcha 270 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi qurilishi loyihalashtirilib, zarur sarmoya ajratildi. Endilikda yangicha andozadagi shinam bino tufayli oʻqitish tizimini ham yangilash, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishda maktab pedagogik jamoasi zimmasiga ham alohida masʼuliyat yuklanmoqda.
Maktab qoʻshimcha oʻquv binosini foydalanishga topshirishda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, pedagogik jamoa, mahalla faollari hozir boʻldilar. Soʻzga chiqqanlar mahalla ahli va maskan jamoasini samimiy tabriklab, gulshanobodlik ertamiz egalarining fundamental taʼlim olishlari va hayotda oʻz oʻrinlarini topishlarida bu maktab muhim vosita boʻlishiga ishonch bildirdilar. Tadbirda maktab qoʻshimcha oʻquv binosi qurilishida jonbozlik koʻrsatgan binokorlarga alohida ehtirom koʻrsatildi.
Ramziy alvon lenta qirqilgach, mehmonlar yangi oʻquv binosidagi imkoniyat, undagi sinf xonalarida boʻlishib, oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati