Buxoroda turizm mavsumi ko‘rsatkichlarda
2024-09-18 17:50:00 / Yangiliklar
Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 2,8 mln. nafar mahalliy aholi sayyoh sifatida keldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri (2,4 mln)ga nisbatan 116,6% ga oshdi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Buxorodan respublika hududlariga 819,6 ming nafar sayyohlarning sayohatlari tashkil etildi.
Qolaversa, joriy yilning mart oyida Buxoro shahrida “Ichki turizm yarmarkasi” va “Bukhara Destination Forum”i bo‘lib o‘tdi. Unda, Misr, Iordaniya, Livan, Jazoir kabi arab davlatlaridan turizm soha vakillari, viloyatdagi va respublika hududlaridan turoperator, gid-ekskursovod, mehmonxona xo‘jaligi mutasaddilari ishtiroki ta’minlandi.
2024 yilning 3 - 5 may kunlari Buxoro shahrida “II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida 42 ta mamlakatdan 157 nafar xorijiy mehmonlar tashrif buyurishdi.
Ziyorat turizm yo‘nalishida, joriy yilning 30 may kuni Singapurda “Crescent Rating” tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Halal In Travel - Global Summit 2024” umumjahon sammitida 27 ta davlatning 80 nafardan ko‘proq vakillari ishtirok etgan bo‘lib, bu yilgi “Halal In Travel - Global Summit 2024” mukofoti Buxoro viloyatiga topshirildi.
2024 yilning mart - avgust oylarida Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi madrasasida “Ichki turizm yarmarkasi” hamda “Milliy suvenirlar” festivali yuqori saviyada tashkil etildi.
Bunda, 100 ga yaqin turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar hamda 2 ming nafarga yaqin tomoshabinlar ishtirok etdi.
2024 yilning yanvar - avgust oylarida turizm va yondosh sohalarda qariyb 12,3 ming nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi natijasida bugungi kunda turizm va unga yondosh sohalarda 64,9 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi.