Bo‘ston tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-06-10 10:05:00 / Yangiliklar
Bo‘ston tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda tuman hokimi Sanobarxon Nosirova hamda tuman IIB rahbari Samandar Artikov ishtirok etdi. Tadbir davomida rahbarlar taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, yoshlar bilan muloqot qildi. Suhbat jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlar haqida fikr almashildi.





