Hokimiyat haqida

O'zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis bo'lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunchilik palatasi" 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo'lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o'zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yig'ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o'rganib chiqib, qabul qiladilar. Ijro hokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so'z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlash vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli sohalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati hamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydi.
Tuman hokimligi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Tuman hokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisob beradi. Tuman hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi tuman hokimi, hokim o'rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda tuman hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi. Tuman hokimligi faoliyati tuman hokimi tomonidan tashkil etiladi. Tuman hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxonalar, tashkilot va muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Tuman hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Tuman hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish
va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noybrdagi PQ-3407-son qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilanadi.
Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek,Buloqboshi tumani hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi.
Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi. Tuman hokimligi apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'isida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noybrdagi PQ-3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma" hamda tuman hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo'yicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
