“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi Buloqboshi tumani hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida mehnat yarmarkasi t
2026-09-09 12:25:00 / Yangiliklar
“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Buloqboshi tumani hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Yarmarka davomida ish izlayotgan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi.
Natijada 35 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 20 nafar fuqaro esa kasb-hunarga yo‘naltirildi.
Mazkur tadbir orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berish hamda fuqarolarni mehnatga jalb etish orqali ularni zararli illatlardan asrashga alohida e’tibor qaratildi.






