#Andijon_yoshlar_day “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv 🔹“Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov boshchiligida tuman IIB rahbari, tuman prokurori o‘rinbosari hamda tuman soliq inspeksiyasi r
2026-08-13 12:00:00 / Yangiliklar
#Andijon_yoshlar_day
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv
🔹“Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov boshchiligida tuman IIB rahbari, tuman prokurori o‘rinbosari hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari ishtirokida tumandagi ishsiz xotin-qizlar bilan “Antex” fabrikasida uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida ishtirokchilarga korxonada olib borilayotgan ishlar, mavjud ishlab chiqarish jarayonlari hamda yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma’lumot berildi.
🔹Shuningdek, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹Mazkur uchrashuv yoshlarni, xususan, ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash va ularni mehnat faoliyatiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.










