#Andijon_yoshlar_day “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv 🔹 “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov boshchiligida tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🔹 Uchrash
2026-08-13 16:00:00 / Yangiliklar
#Andijon_yoshlar_day
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv
🔹 “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov boshchiligida tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹 Uchrashuvda kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangi loyihalarni amalga oshirish istagidagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.
🔹 Shuningdek, tumanda istiqomat qiluvchi bir nafar yoshning Yaponiya Respublikasiga borishi uchun viza hujjatlarini topshirish jarayoni amalga oshirildi.
🔹 Muloqot davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini amaliy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.









