💼 Sport karvoni barcha tuman va shaharlarda! 📍 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Andijon viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarini zamonaviy sport jihozlari, anjomlari va sport kiyimlari bilan ta’minlash ishlari izchi
2026-08-13 18:00:00 / Yangiliklar
💼 Sport karvoni barcha tuman va shaharlarda!
📍 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Andijon viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarini zamonaviy sport jihozlari, anjomlari va sport kiyimlari bilan ta’minlash ishlari izchil davom etmoqda.
Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan sport jihozlari va sport kiyimlari viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablariga belgilangan tartibda yetkazib berilmoqda
✔️Jumladan, Andijon tumani hamda Buloqboshi tumanidagi sport-ta’lim muassasalariga ham zamonaviy sport jihozlari va sport kiyimlari tarqatildi.
Mazkur jihozlarning yetkazib berilishi yosh sportchilarning mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarini yanada yaxshilash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.










