MILLATIMIZ YUZI — MILLIYLIGIMIZ Milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, avvalo, ularni o‘z hayotimizda e’zozlash va ularga amal qilishdan boshlanadi. Har birimiz milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz hamda an’analarimizga sodiq qolgan holda boshq
2026-07-31 17:00:00 / Yangiliklar
MILLATIMIZ YUZI — MILLIYLIGIMIZ
Milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, avvalo, ularni o‘z hayotimizda e’zozlash va ularga amal qilishdan boshlanadi. Har birimiz milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz hamda an’analarimizga sodiq qolgan holda boshqalarga ibrat bo‘la olishimiz zarur.
Faxr bilan aytish mumkinki, o‘zbek xalqining milliy liboslari, betakror urf-odatlari va boy madaniy merosi dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin, barchada iliq taassurot uyg‘otadi. Ayniqsa, nafis atlas va adras liboslarimiz o‘zining go‘zalligi, jozibasi va milliy ruhi bilan ko‘pchilikning havasini tortadi.
Milliyligimizni asrash, qadriyatlarimizni e’zozlash va ularni kelajak avlodga yetkazish — barchamizning muqaddas burchimizdir. Shu bois milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish va ularga hurmat ruhini yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilishimiz muhimdir.






