Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo'taxonov boshchiligida tumanida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
2026-07-11 16:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo'taxonov boshchiligida tumanida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
🔹 Andijon viloyati hokimining topshirig‘iga asosan Buloqboshi tumanida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida fuqarolarga Belarus Respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini olib borish tartibi, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, ish haqi, mehnat va yashash sharoitlari hamda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasining afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹 Shuningdek, mutasaddilar tomonidan fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, xorijga faqat qonuniy yo‘llar orqali ishlashga borish, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.







