🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz yoshlariga samimiy bayram tabrigini yo‘lladi.
2026-06-30 15:00:00 / Yangiliklar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz yoshlariga samimiy bayram tabrigini yo‘lladi.
✅ Prezidentimiz o‘z tabrigida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va salohiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab, bugungi kunda yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hamda o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi.
🌟 Shuningdek, davlatimiz rahbari yurtimiz yoshlarining ilm-fan, sport, madaniyat va innovatsiyalar sohalarida erishayotgan yutuqlari mamlakatimizning faxri ekanini ta’kidlab, ularni ezgu maqsadlar yo‘lida tinimsiz izlanish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish va yangi marralarni zabt etishga da’vat etdi.
🤝 Prezidentimiz barcha yoshlarni bayram bilan yana bir bor muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ulkan muvaffaqiyatlar hamda orzu-intilishlari ro‘yobga chiqishini tiladi.









