Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Yunusova tomonidan Buloqboshi tuman hokimligida yoshlar uchun ochiq qabul o‘tkazildi.
2026-06-19 09:00:00 / Yangiliklar
Qabul davomida yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik, imtiyozli kreditlar, kasb-hunar o‘rganish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari tinglandi. Jami 15 nafar murojaatchining masalalari ko‘rib chiqilib, shundan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi.
🔹 Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🔹 Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari eshitilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
🔹 Bunday ochiq qabullar yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida muntazam davom ettiriladi.





