Buloqboshi tumani hokimi F.Bo‘taxonov tumandagi madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashdi.
2026-06-01 09:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumani hokimi F.Bo‘taxonov tumandagi madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashdi.
Tadbir doirasida davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga muvofiq, «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xolisxon Jalolovaga yuksak mukofot tantanali ravishda muborakbod etildi.
Uchrashuvda tuman rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mehnat qilayotgan fidoyi insonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, mukofot sohibasi X.Jalolova ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va ishonch uchun davlatimiz rahbariga hamda tuman rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Uchrashuv davomida sohani yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni yaxshilash borasidagi kelgusi vazifalar ham muhokama qilindi.










