Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov tuman Madaniyat markazida bo‘lib, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
2026-05-16 16:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Bo‘taxonov tuman Madaniyat markazida bo‘lib, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida madaniyat markazidagi to‘garak xonalari, sahna jihozlari, ovoz kuchaytirish uskunalari, yoritish tizimi hamda madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, mavjud jihozlarni yangilash hamda madaniy tadbirlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash hamda aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishni kengaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.







