Buloqboshi tumanida sportning mini futbol turi bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining final bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. Turnir davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sportsevar muxlislarga qiziqarli uchrashuvlarni taqdi
2026-05-16 21:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumanida sportning mini futbol turi bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining final bosqichi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. Turnir davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sportsevar muxlislarga qiziqarli uchrashuvlarni taqdim etdilar.
🔹 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Do‘lana” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Barlos” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Qashqar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 21-may kuni soat 18:30 da Bolalar va o‘smirlar sport maktabi markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning maxsus mehmoni xalqimiz sevgan san’atkor Mirjalol Nematov bo‘ladi.
Barchangizni ushbu tantanali tadbirga taklif etamiz!









