Bugun ham erta tongdan boshlab tumanimizdagi barcha qabristonlarda obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
2026-05-17 12:00:00 / Yangiliklar
Bugun ham erta tongdan boshlab tumanimizdagi barcha qabristonlarda obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Hashar tadbirlarida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda tegishli tashkilot xodimlari faol ishtirok etib, qabriston hududlarini tartibga keltirish, yo‘laklarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, chiqindilarni olib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ezgu ishlar orqali muqaddas maskanlarning ozoda va fayzli holatini saqlash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida obodonchilik madaniyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.







