SHIRMONBULOQ TURIZM MASKANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
2026-04-20 10:00:00 / Yangiliklar
SHIRMONBULOQ TURIZM MASKANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Buloqboshi tumanidagi turizm maskanida hududning jozibadorligini yanada oshirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, maskanning kechki va tungi ko‘rinishini yanada chiroyli qilish uchun asosiy yo‘laklar va hududlarga zamonaviy yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda. Bu esa nafaqat maskan ko‘rkini oshiradi, balki tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ham ta’minlaydi.
Shuningdek, maskanning yuqori qismlariga sug‘orish hamda ichimlik suvi tarmoqlarini yetkazish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar hududni yanada rivojlantirish, yashil maydonlarni kengaytirish va kelajakda turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Buloqboshi turizm maskani yanada zamonaviy va jozibador hududga aylanishi kutilmoqda.










