Buloqboshi tumanida Qashqar MFYda uchrashuv o‘tkazildi
2026-03-24 20:00:00 / Yangiliklar
Buloqboshi tumani hokimi F. Bo‘taxonov tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuvda mahallani yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.
