OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI TUMANDA BO‘LDI.
2026-03-24 17:00:00 / Yangiliklar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulnoraxon Abduvohidova Buloqboshi tumanida bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati fuqarolarning turmush sharoiti, bandlik masalalari, oilaviy tadbirkorlik, faoliyati hamda mavjud muammolari bilan tanishdi.
Jumladan, tumandagi Qumguzar, Neftchilar va Istiqlol MFYlarida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashib, ular tomonidan aholi bandligini, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilavviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallada jinoyatchidikni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlari va takliflari tinglandi.
Shuningdek, tuman hokimi Furqatbek Bo‘taxonov bilan birgalikda uy-joyga subsidiya ajratilgan va subsidiya olish jarayonida bo‘lgan 2 nafar fuqaroni murojaati bo‘yicha suhbatlashildi hamda tuman hokimligida yangi ishga tushirilgan Yagona virtual qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi.
